Foto: Interfax.uz

Toshkentdagi AQSH Elchixonasi barcha vizalarni berishni boshladi

/

Toshkentdagi AQSH elchixonasi barcha vizalarni berishni boshladi. Bu haqda Elchixona matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum qilinishicha, AQSH elchixonasi barcha viza turlari boʻyicha cheklangan suhbatga qabul qilishni boshlagan, shu jumladan B1, B2 vizalarini berish ham yoʻlga qoʻyilgan. Cheklangan resurslar va suhbat oʻrinlari soni tufayli, suhbat kutish vaqti odatdagidan uzoqroq boʻlib, murojaatchilar shunga muvofik reja qilishlari lozim.

Elchixona ayni paytda birinchi navbatda Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlaridan arizalarni qabul qilayotganini va cheklangan istisnolardan tashqari, turistik/tashrif vizasi boʻlgan norezidentlar Oʻzbekistonda AQSH vizasiga murojaat qila olmaysligini ma’lum qilgan.

2021-yil 1-oktyabrdan boshlab, Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlarining (CDC) yangi siyosatiga koʻra, immigratsion vizalar va K-vizasiga murojaat etuvchilar COVID-19ga qarshi toʻliq emlangan boʻlishlari kerak boʻladi. COVID-19 vaksinasi muntazam ravishda mavjud boʻlmagan mamlakatlarda yoki vaksina yosh boʻyicha mos kelmagan holatlar uchun baʼzi istisnolar mavjud. Boshqa talab qilinadigan emlashlardan farqli oʻlaroq, murojaatchilarning tibbiy koʻriklari tugallangan deb hisoblanishi uchun murojaat etuvchilar emlanishning toʻliq bosqichlaridan oʻtgan boʻlishlari shart.

 

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar