Toshkentdagi 70 % oʻquv muassasasiga tashvish tugmalari oʻrnatildi

Tez orada Toshkentdagi barcha bolalar bogʻchalari, maktablar, litseylar, kollej va oliy taʼlim muassasalari tashvish tugmalari bilan jihozlanadi.

Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida boʻlib oʻtgan brifingda poytaxt IIBB qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi Bekmurod Abdullayev bergan maʼlumotiga tayanib Sputnik Oʻzbekiston xabar qilmoqda.

Foto: www.skakistiko.com

Hozirgi vaqtda poytaxtdagi maktab va maktabgacha muassasalarning tashvish tugmalari bilan taʼminlanishi 70 %ga yetgan. Yil oxiriga qadar ushbu koʻrsatkichni 100 %ga yetkazish rejalashtirilgan.

Soʻngra tibbiyot muassasalari — kasalxonalar, poliklinikalar ogohlantirish tugmalari va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanadi. Ushbu muassasalarning ogohlantirish tugmalari va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanishi Toshkent shahar IBB tomonidan poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Latest from Blog