Toshkentda yo‘qolib qolgan yetti yoshli bolakay topildi

Bir hafta oldin Toshkent shahrida yo‘qolib qolgan yetti yoshli Murodjon sog‘-salomat holda topildi. Bu haqda bolakayning otasi Qobiljon Abdurahimov «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Foto: Ria.ru

Bolakay 7-iyul kuni ertalab Yakkasaroydagi uyidan deraza orqali chiqib ketgan. 13-iyul kuni u Uchtepa tumanidan topildi.

«Uni onasining o‘zi soat kechki 6—7 lar atrofida topdi. U ustiga yangi kiyimlar kiyib olgan va mahalladagi bolalar atrofida o‘ynayotgan bo‘lgan. Unga kim qarab turganini biz bilmaymiz. Odamlarning aytishicha, u qari bir kishi bo‘lgan», — dedi Qobiljon Abdurahimov.

«Yakkasaroy tumani IIB xodimlari guvohlarni so‘roq qilmoqda. Biz u inson kim bo‘lishidan qat’i nazar farzandimizga g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz», — deya qo‘shimcha qildi u.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar