Toshkentda yirik mebel sexlaridan biri yonib ketdi


26-aprel kuni soat 11:33 da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Toshkent shahar Olmazor tumani “Tatarskiy povorot” va Chuqursoy ko‘chalari kesishuvida joylashgan Black Door MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi yonayotganligi haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda “Daryo» ma’lum qildi.

Ko‘rsatilgan manzilga soat 11:43 da 4 ta jangovar yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib bordi.

Yong‘in hududi ochiq alanga bilan yonayotgani ma’lum bo‘lgan.

Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in katta maydonga tarqalganligi inobatga olinib, qo‘shimcha ravishda yana 5 ta, jami bo‘lib 9 ta jangovar yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborildi.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida yong‘in soat 12:24 da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘in oqibatida Black Door MChJga qarashli mebel ishlab chiqarish sexi va jihozlari, jami bo‘lib 300 kv.metr maydon yonib ketgan.

Ayni damda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar