Toshkentda xorijlik jangari-terrorchilarni aniqlash masalalari muhokama etiladi

Toshkent shahrida xorijlik jangari-terrorchilarni identifikatsiya qilish va shaxsini aniqlash texnikasi masalalariga bag‘ishlangan milliy seminar o‘z ishini boshlaydi. Tadbir 23-fevralga qadar davom etadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Foto: “Xalq so‘zi”

Mazkur seminar Yevroittifoqning Markaziy Osiyo chegaralarini boshqarishga ko‘maklashish dasturi (BOMCA) doirasida tashkil etiladi. U O‘zbekistonning sohaga mas’ul huquq-tartibot organlari xodimlari ishtirokida 2016-yilda bo‘lib o‘tgan shu kabi tadbirning davomi hisoblanadi.

Bu gal ham Yevroittifoq ekspertlari va tegishli mahalliy idoralar mutaxassislari ishtirokida tizimga oid mexanizmlar takomillashtiriladi, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Xususan, xorijlik jangari-terrorchilarni identifikatsiya qilish va shaxsini aniqlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar taqdim etiladi, bu boradagi asosiy chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

BMT Xavfsizlik Kengashining zo‘ravonlik, ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi tavsiyalarini milliy idoralar tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha qo‘shimcha amaliy harakatlar muhokama etiladi.

Latest from Blog