Toshkentda uch o‘smir taksichini arqon bilan bo‘g‘moqchi bo‘ldi

Toshkentda 7-avgust kuni tungi soat 23:50da uch noma’lum shaxs Sirg‘ali tumanida taksiga o‘tirishgan.

Foto: Myslo

«Spark» avtomobilini Surat Valiyev boshqargan. Noma’lum shaxslar taksi haydovchisiga hujum uyushtirishgan, ular taksichining bo‘yniga arqon tashlab, pichoq bilan dag‘dag‘a qilishgan. Ammo haydovchi hujum uyushtirganlarga qarshilik ko‘rsatgan, ularning qo‘lidan qochib chiqib, avtomobil salonini tark etishga muvaffaq bo‘lgan. Hech narsasiz qolgan tajovuzchilar jinoyat sodir etilgan joydan g‘oyib bo‘lishgan», — deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyat Pak Aleksandr va balog‘at yoshiga yetmagan o‘spirinlar Yan Kalan hamda Roman Shepelev tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar