Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi quriladi

Tojikistonning O‘zbekistondagi elchixonasi yangi binosi uchun Toshkent shahri markazidan bir gektar yer ajratiladi. Bu haqda, Tojikiston hukumatidagi manbaga asoslanib, “News.tj” xabar berdi.

Foto: «Korrespondent.uz»

Ajratilgan yerda elchixona binosidan tashqari diplomatlar uchun uy-joy, vakolatxonaga kerakli bo‘lgan boshqa obyektlar quriladi.

Xabar berishlaricha, barcha qurilish va obodonlashtirish ishlari Tojikiston budjeti hisobidan moliyalashtiriladi.

Manba yaqin orada Dushanbeda ham O‘zbekiston elchixonasi uchun yer ajratilishini taxmin qildi.

Latest from Blog