Toshkentda “Tatu Festivali 2017” bo‘lib o‘tadi


7-may kuni soat 16:00 da Toshkent shahridagi “Like Bar” barida “Tatu Festivali 2017” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda barning Facebookdagi sahifasi orqali xabar qilindi.

To‘rtinchi bor tashkillashtirilayotgan dasturda Toshkentdagi tatu masterlari o‘z san’atlarini namoyish qiladilar.

Shuningdek, mehmonlar tadbirda didjey va musiqiy guruhlarning chiqishiga ham guvoh bo‘lishadi.

Latest from Blog