Toshkentda talabalarning sakkizinchi mediakonferensiyasi bo‘lib o‘tdi


2017-yilning 5-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida O‘zbekistonda internet jurnalistika rivojining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan talabalarning sakkizinchi An’anaviy mediakonferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Bu yilgi, VIII mediakonferensiya ishtirokchilari Harkatlar strategiyasi mazmun-mohiyati, uni OAV orqali targ‘ib qilish va unda ko‘zda turuilgan vazifalar ijrosiga jamoatchilikni jalb qilish, ommada Strategiyadan ko‘zlangan maqsadlar haqida tushuncha hosil qilish masalalari xususida mulohaza va takliflarni bildirdilar.

Shuningdek, konferensiya dasturi doirasida talabalarning yangi texnologiyalar, messenjerlar imkoniyatlaridan foydalanish borasidagi fikrlari, qiziqarli media loyihalar taqdimoti ham o‘rin oldi.

Tadbir ishtirokchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar