Toshkentda talabalarning navbatdagi mediakonferensiyasi bo‘lib o‘tadi


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan Talabalarning An’anaviy Mediakonferensiyasining bu yilgisiga tayyorgarlik jarayonlari haqida avval xabar bergan edik. Bu yil sakkizinchi marta tashkil etilayotgan mazkur Mediakonferensiya talabalarning Internet-jurnalistika hamda axborot-kommunikatsiya sohalariga qiziqishini oshirib, ularning tajribali jurnalist va mutaxassislar bilan o‘zaro fikr almashishlari uchun qulay imkoniyat yaratib kelmoqda.

Joriy yilning 5-may kuni soat 12:00da Alisher Navoy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda xalqaro Press-klub bilan hamkorlikda o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan bu yilgi anjuman doirasida talabalarning 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosi va OAV orqali targ‘iboti yuzasidan tayyorlangan amaliy loyihalari taqdimoti hamda messenjerlarda jurnalistika va blogging faoliyati tahliliga bag‘ishlangan ma’ruzalar rejalashtirilgan. Shuningdek, professionallar mobil fotografiya, data-vizualizatsiya, noshirlik ishi, jurnalistikada yangi kasblar kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etadi.

Universitet ma’muriyati internet-jurnalistika hamda axborot-kommunikatsiya sohalariga qiziquvchilarni ushbu mediakonferensiyaga taklif etadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar