Toshkentda takroriy zilzila qayd etildi

“Toshkent” seysmostantsiyasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 4 may kuni soat 16:10 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida takroriy (aftershok) zilzila qayd etilgan. Zilzila epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston hududiga to‘g‘ri keladi. Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=5,2 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Farg‘onada 2 ball, Andijonda 2 ball, Namanganda 2 ball, Toshkentda 2 ballga yaqin bo‘lgan.

Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Latest from Blog