Toshkentda sovuq suv narxi oshdi

Poytaxtni suv bilan ta’minlovchi «Suvsoz» kompaniyasi 21-iyuldan boshlab Toshkentda sovuq suv narxi oshishini xabar qildi.

Foto: Eva.Ru

Kompaniya saytida xabar berilishiga ko‘ra, sovuq suvning yangi narxlari Toshkent hokimiyati tomonidan 4-iyul kuni tasdiqlangan.

Yangi tarifga ko‘ra, 1 metr kub sovuq sovuq suvning narxi 180 so‘mdan 190 so‘mga oshiriladi. Suv uchun 1,5 baravar koefitsent bilan to‘laydigan foydalanuvchilar uchun esa 270 sumdan 285 so‘mgcha ko‘tariladi.

Shuningdek, kanalizatsiya xizmatlari narxi 115 so‘mdan 155 so‘mga oshiriladi.

Hisoblagich bilan jihozlangan, ko‘p xonadonli ko‘p qavatli uylar aholisi uchun bir kubometr sovuq suv narxi 410 so‘mdan 500 so‘mgacha oshiriladi.

Markazlashtirilgan suv ta’minoti va issiq suv bilan ta’minlanmagan turar joylar uchun 295 so‘mdan 345 so‘mga oshiriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar