Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Toshkentda sifati kafolatlanmagan qariyb 732 million so‘mlik dori vositalari sotilishining oldi olindi

Toshkentda bojxonachilar sifati kafolatlanmagan qariyb 732 million so‘mlik dori vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazgan.

Unda kuzatuvga olingan fuqaro N.B. o‘z avtomashinasiga yuklangan dori vositalarini Toshkentdagi buyum bozorlaridan birida shartli xaridorga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Natijada tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan qariyb 732 million so‘mlik jami 7705 dona “Mesopril Kit” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog