Toshkentda Qozog‘iston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

15−17-sentabr kunlari «O‘zekspomarkaz» to‘rtinchi pavilonida Qozog‘iston mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Davlat investitsiyalar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: stroyka.uz

Ko‘rgazmada Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomobillar, harbiy texnika, metallurgiya, farmatsevtika va boshqa mahsulotlar namoyish etiladi.

16-sentabr kuni «O‘zekspomarkaz» hududida ikki mamlakat tadbirkorlar doiralari ishtirokida o‘zbek-qozoq biznes-forumi o‘tkaziladi.

Davlat investitsiyalar qo‘mitasidan xabar qilinishicha, tadbirga kirish bepul bo‘lib, qiziqish bildirgan barcha kompaniyalar hamda xususiy shaxslar ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni (+99894) 665−67−65, (+99871) 238−52−93 raqamlari orqali olish mumkin.

Latest from Blog