Toshkentda Qozogʻiston oliygohlari koʻrgazmasi boshlandi

Toshkentda Qozogʻiston oliygohlari koʻrgazmasi boshlandi. Unda qozoq, ingliz va rus tilida dars beradigan Qozogʻistonning eng yirik va yetakchi OTMlari ishtirok etadi. Ular orasida Nazarbayev University, KIMEP University, Al-Farobiy nomli Qozogʻiston Milliy universiteti va boshqalar ishtirok etadi, deya xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston.

Foto: commons.wikimedia.org

Koʻrgazma “Xalqaro dasturlar markazi” AJ, Qozogʻiston Taʼlim vazirligi va Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil qilingan boʻlib, u maktab, litsey va kollejlar bitiruvchilariga moʻljallangan. U yerda Qozogʻiston OTMlariga kirish shartlari va oʻquv dasturlari haqidagi maʼlumotlarni bilib olish mumkin.

Koʻrgazmaga tashrif buyurganlarning ayrimlari “Ostona EKSPO-2017” xalqaro ixtisoslashgan koʻrgazmaga chiptalar olishlari mumkin. Koʻrgazma Ostonada 2017-yilning 10-iyundan 10-sentyabrgacha boʻlib oʻtadi.

“Qozogʻiston oliygohlari koʻrgazmasi” 2-may soat 09:00dan 18:00 ga qadar, 23-may 09:00 dan 16:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog