Toshkentda qo‘li elektr go‘sht qiymalagichga qisilib qolgan 3 yoshli qizchaga yordam ko‘rsatildi

4-sentabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazidan 3 yoshli qizchaning qo‘li elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yetib borishdi. Ular shifokorlar bilan hamkorlikda qizchaning elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolgan qo‘lini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olishdi.

Latest from Blog