Toshkentda pichoq uloqtirish boʻyicha chempionat boshlandi

Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining pichoq bilan jang qilish hamda pichoq uloqtirish boʻyicha chempionati boshlandi, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Foto: fotolia

Pichoq bilan jang qilish — sport yakkakurashlarining Oʻzbekistonda ommalashib borayotgan nisbatan yosh turi hisoblanadi. Sportchilar kimono va himoya dubulgʻalari bilan jangga kirishadi, zarbalar qoʻl, oyoq va plastmassadan tayyorlangan pichoq yordamida beriladi. Jang ikki daqiqalik ikki raunddan iborat. Eng yuqori ballar koʻkrakning yuqori qismiga urilgan zarbalar uchun beriladi. Qoʻl va oyoqlarga tekkan zarbalar uchun bir ball qoʻyiladi.

Joriy yil Mudofaa vazirligi chempionatida harbiy okruglar va oliy harbiy taʼlim muassasalaridan 7 guruh qatnashmoqda.

65 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugi vakili Redvan Usainov Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi vakili Otabek Sirojiddinov ustidan gʻalaba qozondi. Sharqiy harbiy okrug vakili Shahzod Hakimov Havo hujumidan mudofaa (HHM) va Harbiy havo kuchlari (HHK) qoʻshinlari jamoasi aʼzosi Sohibjon Sulaymonovni muddatidan oldin magʻlubiyatga uchratdi.

Boʻlajak zobitlar — Samarqand oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti (SOHAQMBYU) kursanti Siroj Samandarov hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Kozimjon Ismoilovlar oʻrtasidagi bahs birinchi raunddayoq SOHAQMBYU vakili gʻalabasi bilan yakunlandi.

Pichoq bilan jang qilishda turli sport turlari vakillari ishtirok etishi mumkin. Masalan, Redvan Usainov armiyadagi harbiy xizmatga qadar qoʻl jangi bilan shugʻullangan boʻlsa, Toshkent harbiy okrugi jamoasi vakili Shuhrat Bafoyev dzyudo bilan shugʻullanib, 2014-yilda yoshlar jahon chempionatida kumush medal sovrindori boʻlgan. Birinchi jangda Shuhrat HHM va HHK qoʻshinlari vakili SH.Toshmurodov ustidan gʻalaba qozondi.

70 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi sportchilar bellashuvida JGʻMHO vakili Javlon Togʻayev birinchi jangda SOHAQMBYU kursanti Rafiq Isroilovni magʻlub etdi. Qurolli Kuchlar akademiyasidan Sirojiddin Abduhalilov SHGʻHO vakili Muhriddin Nuriddinov ustidan zafar quchdi.

Chempionat dasturidan 3, 5 va 7 metrlik masofalardan pichoq uloqtirish boʻyicha gʻoliblarni aniqlash ham joy olgan. Bellashuvlar shanba kuni oʻz nihoyasiga yetadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar