Toshkentda o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirgan tovlamachi qo‘lga tushdi

13-iyun kuni Sunnatilla Qobilov tovlamachilik yo‘li bilan Yashnobod tumani hududida joylashgan «Aviasozlar» dexqon bozorida o‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirib, Shermatov Hasanni mulkiy manfaatlar berishga majbur qiladigan sharoitga solgan. Natijada jabrlanuvchi unga bir necha marotaba turli miqdordagi chet el valyutasini olib kelgan, deb xabar beradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qobilov jabrlanuvchidan navbatdagi 200 AQSh dollari miqdordagi pul mablag‘larni Yakkasaroy tumani hududida olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik, ya’ni o‘zgadan mulkni berishni talab qilish, jabrlanuvchini o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharotiga solib qo‘yish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Qobilovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Latest from Blog