Toshkentda o’zboshimcha to‘y korteji xaydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi

2018-yilning 25-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda to‘y kortejining xaydovchilari Toshkent shahri ko‘chalarda xarakatlanib, yo‘l xarakati havfsizligiga qasddan tahdid solganliklari aks ettirilgan video rolik paydo bo‘ldi.

Foto: Guvd.uz

Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan xaydovchilarni aniqlashga qaratilgan qidiruv ishlari amalga oshirildi.

Natijada quyidagi transport vositalarining xaydovchilari huquqbuzarlik sodir etganliklari aniqlandi:

  • 01 D 722 XA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
  • 01 A 722 AB davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
  • 01 T 722 XA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
  • 01 F 722 ZA davlat raqam belgili «RANGE ROVER» rusumli avtomashina;
  • 01 C 222 AB davlat raqam belgili «Mercedes Benz» rusumli avtomashina;
  • 01 151 VCA davlat raqam belgili «Saturn sky» rusumli avtomashina.

Toshkent shahar IIBBning xabariga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari xaydovchilariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Ma’lumot uchun:

O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 129-moddasi – Transport vositalari xaydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi.

Mototsikllar va boshqa transport vositalari xaydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi:

eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (hozirgi kunda 516 720 so‘mni tashkil etadi).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga (hozirgi kunda 861 200 so‘mni tashkil etadi) yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Latest from Blog