Toshkentda o‘qishga olib kirib qo‘yishni va`da qilib, 18 ming dollar olgan firibgar aniqlandi

Toshkent shahrida 2017-yilning 19-aprelida sodir etilgan firibgarlik jinoyati aniqlandi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Foto: LiveJournal

Ma`lum bo‘lishicha, 19-aprel kuni soat taxminan 17:30 da, fuqaro Babamuratov Rahim Safarovich fuqaro Xusainovdan farzandlarini o‘qishga joylashtirib qo‘yish va’dasi bilan 18 ming AQSh dollarini olgan.

Babamuratov bergan va’dasini bajarmay, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan 2017-yilni 15-may kuni, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Babamuratovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya`ni o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog