Toshkentda MDHdagi birinchi ESET akademiyasi ochiladi

ESET kompaniyasi va O‘zbekistondagi Softline Education o‘quv markazi MDHda birinchi ESET akademiyasini tashkil qilish haqida bitim imzoladi, deb yozadi“ICTNews.uz”. Bu haqda Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: “ICTNews.uz”

Softline Education o‘quv markazi direktori Irina Pak aytishicha, markazdagi o‘quv kurslari ESET kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. O‘qituvchilarning malakasini va o‘quv markazining texnik jihozlanishini hisobga olib, vendor unga ESET akademiyasi maqomini bergan.

ESET akademiyasining bosh maqsadi nafaqat axborot xavfsizligi mutaxassislarining malakasini oshirish, balki, ESET mahsulotlari foydalanuvchilari orasida kiber-savodxonlikni shakllantirishdan ham iborat”, — dedi Irina Pak.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar