Toshkentda mast holida Salor kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari kechki payt Mirobod tumanida xizmat olib borayotganda Salor kanali ichidan yordam so‘ralgan ovozni eshitib qoldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Xodimlar darrov yordamga shoshildi va mastlik holatida, ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan erkakni qutqarib, hayotini saqlab qoldi.

Fuqaro 1-shahar klinik shifoxonasiga olib borilib, tibbiy yordam ko‘rsatildi. Shundan so‘ng xodimlar uni uyiga olib borib qo‘ydi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar