Foto: TIV

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi

Payshanba, 15-iyul kuni Toshkent shahridagi Markaziy Osiyo xalqaro institutining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva tomonidan oʻqib eshittirildi.

Marosimda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiya doirasida Toshkent shahriga kelgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengashning yuqori vakillari ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov oʻz nutqida mazkur institutning ochilishi soʻnggi yillarda Markaziy Osiyoda mintaqaviy va iqtisodiy jarayonlarning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat berishi haqida taʼkidladi.

TIV rahbari yangi muassasa mintaqaviy hamkorlik istiqbollarini ekspertlar darajasida batafsil muhokama qilish, turli sohalardagi koʻp tomonlama loyihalar boʻyicha amaliy va ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish uchun imkoniyat yaratishiga ishonch bildirdi.

Latest from Blog