Toshkentda MAN rusumli yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda kuni kecha sobiq TAPOiCH oldidagi yangi yoʻlda yuk avtomashinasi yonib ketdi. Facebookdagi «Voditeli Tashkenta» guruhi aʼzolari voqea joyida olingan rasmlar bilan oʻrtoqlashdilar.

Foto: Facebook.com / Voditeli Tashkenta

Voqea shohidi boʻlganlarning aytishlaricha, yoʻlda MAN rusumli yuk mashinasi yongan. Yuk mashinasi haydovchisi moʻjiza tufayli oʻlimdan qutulib qoldi. Uning soʻzlariga koʻra, elektr tarmoqlarining issiqda qizib ketishi oqibatida yongʻin paydo boʻlgan.

Voqea joyiga zudlik bilan yongʻin xizmati boʻlinmalari yetib kelib, yongʻinni bartaraf etishdi.

Yashnaobod tumani yongʻin xavfsizligi xizmati tomonidan ushbu holat boʻyicha ekspertiza oʻtkazilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog