Toshkentda kriptovalyuta savdosi bilan noqonuniy shugʻullangan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirzo Ulugʻbek tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda IIB xabar qilmoqda.

Unda, fuqaro T.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida, litsenziya olinishi shart boʻlgan faoliyat turi bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shugʻullanishgan.

Maʼlum boʻlishicha, boshqa shaxsga “1V” (bitkoin) elektron pul birligini 10 463 AQSH dollaridan hisoblab, “20V” (bitkoin) elektron pul birligini oʻzining 7 foizlik ustamasi bilan qoʻshib, jami 224 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir yakunida T.T.dan elektron pul birliklari sotuvidan tushgan 402 071 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi va 190-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog