Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlandi

15-iyun kuni Toshkentda ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi oʻrtasida yuzaga kelgan janjal natijasida ulardan biri vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa soat taxminan 04:00 larda poytaxtning Chilonzor tumani Doʻmbirobod 4-tor koʻchasida joylashgan uylarning birida sodir boʻlgan. 44 yoshli Koreya Respublikasi fuqarosi K. D. mast holatda 40 yoshli yurtdoshi K.J., bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik natijasida oʻtkir tigʻli jismni J.Kimga qarata otib, tan jarohat yetkazgan. Natijada K.J. tan jarohatlari bilan RSHTYOIMga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan K. D.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

16-iyun kuni jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Shu kuni D.K.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “D” bandi (jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi boʻlgan Janubiy Koreyalik oʻldirilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Kim Jin Young (김진영) 15-iyun kuni tanishi, hamkasbi va vatandoshi tomonidan pichoqlangani, jabrlanuvchi kasalxonada 6 soat davomida operatsiya qilingani, biroq 16-iyun kuni vafot etgani xabar qilindi.

Xabarda Oʻzbekistonda bir oy muqaddam tashrif buyurgan gumonlanuvchining jinoyat sodir etgan joydan qochib ketgani, ammo yaqin atrofda IIO xodimlari tomonidan qoʻlga olingani qayd etilgan.

Latest from Blog