Toshkentda Koreya kinofestivali bo’lib o’tadi

28-sentabr – 1-oktabr kunlari Toshkentda Koreya kinofestivali bo’lib o’tadi. Festivalda 4 ta kartina ishtirok etadi.

Foto: Pinterest

28-sentabr soat 18:30 da festivalning ochilish marosimi va ilk film namoyishi o’tkazilsa, 29-sentabr – 1-oktabr kunlari soat 16:00 va 19:00da tomoshabinlar barcha kartinalarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Shuningdek, festival 4-6-oktabr kunlari Namanganda va 5-7-oktabrda Andijonda davom etadi. Seanslarga kirish bepul. Mazkur tadbir «O’zbekkino» Milliy agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Latest from Blog