Toshkentda ikki yigit bir mashina pul o‘mardi


Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida joylashgan “Al-Qasr” kafesi oldida 1989-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli “Spark” rusumli avtomashinasining orqa o‘rindig‘ida turgan, ichida 7 600 000 so‘m puli bo‘lgan sellofan paket o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlikda ko‘rgan choralari natijasida mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib Sirg‘ali tumanida yashovchi, 1983-yil va 1994-yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar