Toshkentda ichida yonilgʻi boʻlgan tisterna yonib ketdi

Bugun Olmazor tumani Bayroqtol koʻchasida joylashgan “Trest 12” qurilish korxonasi hududida ichida yonilgʻi-moylash xomashyosi boʻlgan tisterna yonib ketdi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar bermoqda.

Dastlabki taxminlarga koʻra hodisaga yongʻin xavfsizligi qoidalari buzilishi sabab boʻlgan.

Toshkent shahar IIB Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi vakili yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan zudlik bilan bartaraf etilganini, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmaganini maʼlum qildi.

Latest from Blog