Toshkentda “Hizb ut-Tahrir”ning uch a‘zosi o‘z aybiga iqror bo‘ldi

19-oktabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik oqimining uch nafar a’zosi o‘z aybiga iqror bo‘lib, o‘zlarini ichki ishlar xodimlari ixtiyoriga topshirgan, deb xabar beradi “Telegraf.uz”.

Jumladan, X. Abdullayev ismli fuqaro o‘z arizasida 1997—1999-yillarda Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik oqimi tarkibida “mushrif” lavozimida faoliyat yuritgani va Jo‘rabek ismli shaxs bilan ishlaganini ma’lum qilgan.

Diniy-ekstremistik oqimning ikkinchi a’zosi M. Badalov 1998—2000-yillarda Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” tarkibida Komil ismli shaxs bilan birga ishlaganini yozib qoldirdi.

M. Hoshimov ismli yana bir fuqaro 1999—2001-yillarda Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik oqimi tarkibida Mirmuhsin Karimov ismli shaxs bilan birga ishlaganini qayd etdi.

Surishtiruv ishlaridan keyin yuqoridagi Jo‘rabek va Komilning shaxsi aniqlanib, o‘zlari ham topilgan, lekin javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgani munosabati bilan JKning 64-moddasi tegishli bandlariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etilgan.

Mirmuhsin Karimov haqidagi ko‘rsatma esa surishtiruv paytida o‘z tasdig‘ini topmadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar