Toshkentda FIFAning futzal hakamlariga yordam berish dasturi bo‘yicha o‘quv-kurslari boshlandi


Toshkentda O‘zbekiston futbol federatsiyasi va Xalqaro futbol federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan FIFAning futzal hakamlariga yordam berish dasturi (RAP) bo‘yicha o‘quv-kurslari boshlandi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

Bugun, 8-may kuni boshlangan o‘quv-kurslar 12-mayga qadar davom etadi. Dasturning asosiy maqsadi ishtirokchilar bilimi va mahoratini nazariy jihatdan boyitish, dunyo bo‘ylab instruktorlar va murabbiylarning zamonaviy trendlari bilan tanishtirishdan iborat.

Shuningdek, dastur mahalliy hakamlar va yordamchi hakamlarning bilimini yangilash va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Latest from Blog