Toshkentda «Bolajonlar – Shirintoylar» moda festivali bo‘lib o‘tmoqda

“Osiyo ramzi” O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan festivalda mahoratli ijodkorlar, yosh dizaynerlar, bolalar ijodiyoti markazlari, O‘zbekistondagi qator moda maktablarining vakillari qatnashmoqda. Bu haqda «Jahon AA» xabar bermoqda.

Foto: Pixland.uz

Festivalning birinchi kunida O‘zbekistonning kiyim-kechak tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi korxonalari bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan, zamonaviy tendensiya va milliy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan rang-barang va bejirim liboslar kolleksiyasini keng omma e’tiboriga havola etmoqda, – deydi «Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi boshqaruvi raisi Holida Komilova.

Bu esa 18 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan festival tarixidagi o‘ziga xos yangilik bo‘lib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-dekabrdagi «2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori doirasida olib borilayotgan tizimli ishlar mahsulidir.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga qadar davom etadigan festivalda qator tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Ularda O‘zbekiston dizaynerlari yaratgan 450 yangi kiyim-bosh to‘plami havola etiladi. Yangi libos namunalarini «Tantana», «Fashion Lab» ijodiy studiyalari, «Kolibri» art-byurosi va «Oltin qanot» maktabining 2,5 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan 220 nafar yosh modelyeri namoyish etadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar