Toshkentda birorta burchakka ega boʻlmagan bogʻcha quriladi

Yangihayot tumanida noodatiy bogʻcha quriladi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Hokimlikka koʻra, tumanda joriy yilda 2ta MTT foydalanishga topshirildi. Endilikda “Yangi Choshtepa” mahallasida ham 480 oʻrinli MTT qurilishi rejalashtirilmoqda.

Shu maqsadda, tuman hokimi hamda Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim boshqarmasi vakillari “Yangi Choshtepa” mahallasida qurilishi rejalashtirilgan bogʻcha loyihasi bilan tanishishdi va loyiha mutassaddilar tomonidan tasdiqlandi. Loyihaning oʻziga xosligi shundaki, ushbu bogʻcha binosida bironta ham burchak mavjud emas.

Ushbu bogʻcha mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan barpo etilib, 2022-yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Latest from Blog