Toshkentda birinchi marotaba BMT Modelining Xalqaro anjumani o‘tkazildi


Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti tomonidan BMTning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida joriy yilning 18,19 mart kunlari davlatimizda birinchi marotaba BMT Modelining Xalqaro anjumani o‘tkazildi.

Anjumanning ochilish marosimiga TXVU rektori Komiljon Karimov, O‘zbekistondagi YuNESKO vakili Krista Pikkat va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdumalik Jumanov tashrif buyurdilar.

BMT Modeli TXVUda 2012-yildan buyon samarali ish yuritib kelayotgan klublar qatoridan o‘rin egallaganligi alohida e’tiborga loyiq. 5 yil davomida mahalliy anjumanlar o‘tkazilgan bo‘lib, oltinchi anjuman BMT Modelining O‘zbekistondagi birinchi Xalqaro anjumani sifatida tashkillashtirildi.

Anjumanda Toshkentdagi Inha Universiteti, Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Urganch davlat universitetlari hamda Buyuk Britaniya, Qozog‘iston va Rossiya oliy o‘quv yurlaridan tashrif buyurgan 170 talaba qatnashdi.

Bu yilgi anjuman 5 qo‘mitadan iborat bo‘lib, ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlari, tarixiy obidalar va madaniyat merosini muhofaza qilish, gender tengligi, ekologik muammolar va axborot xavfsizligi mavzularini muhokama qiladilar.

BMT Modeli haqiqiy BMT majlislarinig kichik shakli bo‘lib, unda talabalar turli davlatlar vakillari sifatida dunyoda ro‘y berayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilib ularga o‘z yechimlarini taklif qiladilar. Anjumanning asosiy maqsadi BMT faoliyatini chuqur o‘rganish, xalqaro munosabatlar va ularga doir sohalarni o‘rganish bilan birgalikda talabalarning notiqlik va tahlil qilish qobilyatlarini rivojlantirishdir.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar