Toshkentda “Baxtli bolalik” – tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasi tashkil etiladi

“Kamolot” yoshlar ijod saroyida joriy yilning 1-15-iyun kunlari 1-iyun Halqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

“Baxtli bolalik” deb nomlangan ko‘rgazmada bolalik ranglarini to‘liq ifodalovchi tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishidagi ijodiy ishlar namoyish etiladi. Ko‘rgazmada Toshkent shahrining 10 ta tuman bolalar san’at va musiqa maktab o‘quvchilari hamda Respublika ixtisoslashgan san’at maktab internati o‘quvchilari, shuningdek, joylarda faoliyat yuritayotgan xususiy rassomlik to‘garaklarining 100 dan ziyod o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishadi.

Ko‘rgazmani tanlov asosida o‘tkazish rejalashtirilgan. G‘olib deb topilgan ijodiy ishlar diplom, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Latest from Blog