Toshkentda arzon telefon uchun bosqinchi fuqaroni pichoqladi

Toshkentning Chilonzor tumanida «MI» rusumli uyali aloqa telefonini egallash maqsadida fuqaroni pichoqlagan bosqinchi qoʻlga olindi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB.

«2017-yilning 29-sentabr kuni taxminan soat 22:00larda, Qosimov Ravshanjon Abidjonovich, bosqinchilik yoʻli bilan oʻzganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida joylashgan uyning yonida boʻla turib, fuqaro Mamajanov Suxrobjon Tursunboy oʻgʻliga nisbatan pichoq ishlatish va tan jarohati yetkazish bilan qoʻrqitib, unga tegishli boʻlgan «MI» rusumli uyali aloqa telefonini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan», — deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi «a» bandi (bosqinchilik, yaʼni qurol sifatida foydalanish mumkin boʻlgan narsalarni ishlatib, oʻzganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Latest from Blog