Toshkentda aprel oyida ShHT mintaqaviy aksilterror kengash yigʻilishi oʻtkaziladi

Toshkentda aprel oyida ShHT mintaqaviy aksilterror kengash yigʻilishi oʻtkaziladi, deb xabar qildi ushbu kengash matbuot xizmati.

Foto: Norma.uz

Xabarda aytilishicha, Nyu-Delida fevral oyi boshlarida Qirgʻiziston raisligida ShHTga aʼzo davlatlarining vakolatli idoralar ekspertlari ishtirokidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi.

“Yigʻilish davomida Toshkentda 2018-yil aprel oyida ShHT mintaqaviy aksilterror kengashining navbatdagi yigʻilishi kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi”, — deyilgan xabarda.

ShHT mintaqaviy aksilterror kengashining ijroiya qoʻmitasi direktori Yevgeniy Sesoyev Hindistonga amalga oshirilgan tashrif davomida Hindiston milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rajinder Xann va Tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar bilan uchrashdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog