Toshkentda amerikaning Vebster universiteti filiali ochiladi

Toshkentda Amerikaning Vebster universitetining filiali paydo boʻladi. Bu haqdagi shartnoma Shavkat Mirziyoyevning AQShga boʻlgan safari davomida Oʻzbekiston vakillari va Amerika OTMi rahbariyati tomonidan imzolandi.

Foto: Vaeducation

Vebster xususiy universiteti 1915-yilda tashkil qilingan. Universitetning asosiy kampusi AQShning Missuri shtatida joylashgan. Bugungi kunda Vebster universiteti filiallari Yevropaning London, Leyden, Vena va Jeneva shaharlarida va Osiyoning Tailand va Shanxay shaharlarida ochilgan. Universitetning barcha filiallarida taʼlim ingliz tilida yagona dastur boʻyicha olib boriladi.

Toshkentdagi Vebster universitetining filiali MDHda birinchi boʻladi.

Latest from Blog