Toshkentda aholi orasida 9 kishida koronavirus aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 3523 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 30-may soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 kishiga ko‘payib, 3523 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan, yana 1 nafari esa karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Qayd etilishicha, shu kungacha bemorlarning 2 783 (+55) nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan. Hozirda 726 nafar bemor davolanishda qolmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 14 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog