Toshkentda aholi 3 kun metrodan bepul foydalanishi mumkin

“Toshkent metropoliteni” UK ham bayram kunlari yoʻlovchilar uchun munosib tuhfa hozirladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bayram kunlari, yaʼni 31-avgust hamda 1,2-sentyabr kunlari yurtdoshlarimiz jamoat transporti boʻlgan metrodan bepul foydalanishlari mumkin.

“Aziz vatandosh!
Bu ulugʻ kunlar nashidasi hamisha yurtimiz va har bir xonadonda xukmron boʻlsin. Vatan istiqlol va u bergan imkoniyatlar hech ham bizni tark etmasin. Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin”, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog