Toshkentda 57 yoshli ayol 44 ming dollarlik brilliantni qoʻsh qoʻllab firibgarlarga topshirdi

Sotib berishni vaʼda qilib brilliant taqinchoqlarni olib ketgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qilmoqda.

brilliant
nv.ua

Maʼlum boʻlishicha, Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 57 yoshli Minaxanum E. murojaat qilib, 2019-yilning 5-avgust kunidan 13-sentabrigacha opa singillar 31 yoshli Durdona X. va 28 yoshli Iroda X.lar unga 44.000 AQSH dollarlik brillant taqinchoqlarini qimmatga sotib berishlarini vaʼda qilishgan. Opa-singillarga ishongan Minaxanum taqinchoqlarni ularga ishonib topshirgan. Ammo pullarni ololmagan Minaxanum huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur boʻlgan.

Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

IIBB xodimlari firibgarlikda gumonlanuvchilarni qoʻlga olishgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog