Toshkentda 2 tonnadan oshiq giyohvandlik moddalari yoqib yuborildi (foto+video)

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) hukumat ko‘rsatmasiga binoan juma kuni huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan musodara qilingan 2 tonna 4.5 kg giyohvandlik vositalarini yo‘q qildi. Bu haqda Uznews.uz xabar qilmoqda.

Ushbu tadbir 26-iyun sanasida nishonlanadigan «Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash» kuniga bag‘ishlandi.

23-iyun kuni 2 tonna 4.5 kg giyohvandlik vositalari, jumladan 22 kg geroin, 1 tonna 154 kg opiy, 101 kg gashish, 384 kg marixuana, 337 kg ko‘knor, 170 grammdan ortiq psixofaol vositalar hamda katta miqdordagi ko‘knori hashagi, nasha va psixotrop moddalar yo‘q qilindi.

Qayd qilib o‘tamiz, 1994-yildan buyon O‘zbekistonda 57 tonna 443 kg giyohvandlik moddalari yo‘q qilingan.

Fikr bildirish

Latest from Blog