Toshkentda 16 yoshli maktab o‘quvchisi o‘zini osib qo‘ydi


Joriy yilning 6-aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani 196-maktabning 9-sinf o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilib, uyida o‘zini osib qo‘ygan. Bu haqda Uz24 axborot portali xabar qildi.

Tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, 2001-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs ruhiy kasal edi. Unda autizm kasalligiga moyillik bo‘lgani aytiladi. Ayni damda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Tasdig‘ini topmagan ma’lumotlarga qaraganda, marhum 196-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga qadar Toshkent shahar Olmazor tumanida 36-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ihtisoslashgan maktabda tahsil olgan. Uning imkoniyati cheklangan bolalar maktabidan umumiy o‘rta ta’limga qanday qilib o‘tib qolgani hozircha noma’lum.

Prokurorning ta’kidlashicha, o‘quvchi doimiy ravishda maktab psixologi nazoratida bo‘lgan.

Latest from Blog