Toshkentda 13-may kuni ayollar veloturi bo‘lib o‘tadi


13-may kuni Toshkentda “Sog‘lom ayol — sog‘lom avlod” ayollar veloturi bo‘lib o‘tadi. U Butunjahon oila kuni munosabati bilan tashkil etiladi.

Turda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin, hamma o‘z velosipedi bilan kelishi talab etiladi. Ishtirokchilar 7:00–9:00 oralig‘ida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuningdek, ishtirok etishni istaganlar o‘zi bilan pasport nusxasini olib kelishi lozim. Har bir qatnashchi ayolga individual raqam taqdim etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish va start joyi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi Bank-moliya akademiyasining orqa tomoni.

Velopoyga soat 10:00 da Abdulla Qodiriy va Hamidulla Oripov ko‘chalari chorrahasida boshlanadi. 5 kilometrlik yo‘l Abdulla Qodiriy ko‘chasidan boshlanib, ortga qaytadi va o‘sha yerda tugaydi.

Musobaqa uch yosh kategoriyasida o‘tkaziladi: 18−30, 31−45 va 45 dan yuqori. Mukofotlash marosimidan so‘ng O‘zbekiston estradasi vakillari, raqs guruhlari va artistlar ishtirokida musiqiy dastur namoyish etiladi.

Latest from Blog