Toshkent yo‘llarida temir panjaralarni olib tashlash ishlari boshlanadi

Toshkentda yaqin oylarda markaziy yoʻllarda oʻrnatilgan temir panjaralarni olib tashlash ishlari boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Saidumar Oglayev maʼlum qildi, deya xabar berdi Podrobno.uz.

Foto: Podrobno.uz

Ilgariroq, Toshkent shahar YHXB Toshkent shahri Mustaqillik shohkoʻchasidagi temir panjaralar nega olib tashlanayotgani yuzasidan izoh bergan edi.

Oglayevning soʻzlariga koʻra, bu muammo boʻyicha poytaxt aholisi tomonidan prezident virtual qabulxonasiga koʻplab murojaatlar kelib tushgan. Shuning uchun aholining murojaatlarini hisobga olgan holda obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan panjaralarni demontaj qilish ishlariga tayyorgarlik koʻrmoqda.

«Mashinada ketayotgan paytda ushbu temir panjara devorga oʻxshab koʻrinadi. Panjaralar ortidan haydovchiga piyodalar koʻrinmaydi. Buning natijasida koʻplab xavfli vaziyatlar yuzaga keladi. Shuningdek, temir panjaralar haydovchilarga chorrahalarda oʻtishda xalaqit qiladi», — dedi obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.

Bundan tashqari, Oglayevning soʻzlariga koʻra, demontaj ishlari kelgusi oylar davomida amalga oshiriladi. Lekin qaysi koʻchalarda va qancha temir panjara demontaj qilishi nomaʼlum.

«Temir panjaralar hashar yoʻli bilan olib tashlanadi. Shundan soʻng panjaralar tuman hokimiyatlariga beriladi. Ular oʻz navbatida turli byudjet tashkilotlarga, jumladan bogʻchalar, shifoxonalar, maktablarga beriladi. Panjaralarning bir qismini suv kanallar boʻylab oʻrnatish rejalashtirilmoqda», — dedi Oglayev.

Eslatib oʻtamiz, poytaxt markaziy yoʻllarida temir panjaralar 2015-yil yoz mavsumida, yaʼni ShHT sammitiga tayyorgarlik koʻrish paytida oʻrnatilgan edi. Oʻsha vaqtda bu panjaralar yoʻllarda xavfsizlikni kuchaytirish va shahar qiyofasini yaxshilash maqsadida oʻrnatilgandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar