Toshkent YeXHTning OAV bo‘yicha anjumaniga mezbonlik qiladi

Toshkent 15 yillik tanaffusdan so‘ng yana O‘rta Osiyo bo‘yicha ommaviy axborot vositalari anjumaniga mezbonlik qiladi, u har yili Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili byurosi tomonidan tashkil etiladi. Mavzusi “Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika” bo‘lgan hisob bo‘yicha 19-forum Toshkentda 18—19-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar qilindi osce.org saytida.

Foto: osce.org

Anjumanda 80 ga yaqin jurnalistlar, hukumat, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, akademik doira vakillari hamda xalqaro ekspertlar qatnashishi kutilmoqda, ular mintaqadagi OAV erkinligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

Kun tartibidagi mavzular orasida axborot tarqatishdagi tendensiyalar, raqamli va mobil muhitning rivojlanishi bilan bog‘liq da’vatlar, shuningdek, OAV erkinligi himoyasi va matbuotda dushmanlik tiliga qarshi kurash bor.

YeXHTning O‘rta Osiyo bo‘yicha OAV anjumanlari har yili mintaqa mamlakatlaridan birida bo‘lib o‘tadi. Avvalgi, 18-anjuman Venada bo‘lib o‘tgan edi.

Toshkent 4-anjumanga 2002-yilda mezbonlik qilgan, o‘shanda uning mavzusi “OAV erkinligi va korrupsiya” bo‘lgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar