Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritiladi

Bugun soat 10.00 da Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi ochildi, deb xabar beradi O‘zA.

Foto: Senat.uz

Senatning yalpi majlisi kun tartibidan mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samaradorligini tubdan oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining qator qonunlari muhokamasi, Toshkent viloyatining To‘ytepa, Yangiyo‘l va Ohangaron shaharlarini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek, Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar o‘rin olgan.

Yalpi majlisda ayni paytda kun tartibidagi birinchi masala – “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunini ko‘rib chiqilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar