Toshkent viloyatida qidiruvda boʻlgan 47 nafar shaxs qoʻlga olindi

Toshkent viloyatida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida «Tozalash-antiterror» tadbiri oʻtkazib borilmoqda, deb xabar qildi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.

Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida viloyat hududidagi mahallalarda tashkil etilgan yoʻnalishlarda mahalla fuqarolar yigʻinlari faollari, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi va boshqa tashkilotlar vakillari birgalikda harakat qilmoqdalar.

Tadbir boshidan buyon koʻp qavatli uylar, xonadonlar, korxona-tashkilotlar, kafe, bar, restoranlar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, taʼlim muassasalari, yotoqxona va mehmonxonalar, mahalla guzarlari kabi obyektlar koʻzdan kechirildi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida jami 47 nafar jinoyat sodir etib, qidiruvda yurgan shaxslar ushlandi.

Yoʻl-patrul xizmati blok-postlarida va chegara maskanlarida avtoulovlar va jamoat transportlari tekshiruvdan oʻtkazildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar