Toshkent viloyatida qamoqxona xodimi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi

Milliy xavfsizlik xizmati vakillari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyati IIB №52 jazoni ijro etish koloniyasi otryad boshlig‘i Sherzod Sultonov pora olyotganda hibsga olindi.

Foto: CBS News

Serjant Sultonov mahbusning ishini yengillashtirish va keyinchalik uni amnistiyaga tushishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritib qo‘yish uchun uning qarindoshlaridan 1,2 ming dollar pul talab qilgan.

Ayni vaqtda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan Sherzod Sultonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Latest from Blog