Toshkent viloyatida don ekinlaridan bo‘shagan 826 gektar yer yoqib yuborilganligi aniqlandi

Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jurnalistlar ishtirokida Toshkent viloyatida nazorat reydi o‘tkazildi. Bundan maqsad, boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda somon poyalarini yoqib yuborish holatlarining oldini olishdir.

Qo‘mita axborot xizmatining ma’lum qilishicha, reyd davomida Toshkent viloyatida mavsum boshidan 167 ta fermer xo‘jaligining 826 gektar yer maydoni yoqib yuborilganligi aniqlandi.

167 nafar mansabdor shaxs va fuqaroga nisbatan jami 152,7 million so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. 22 million so‘mdan ortiq jarimlar undirilib, qolgan summa bo‘yicha sud organlariga tegishli hujjatlar tayyorlandi.

Somon poyalari yoqilishi bo‘yicha Bekobod tumanida 49 ta, O‘rta Chirchiq tumanida 24 ta, Yuqori Chirchiq tumanida 20 ta, Quyi Chirchiq tumanida 20 ta, Chinoz tumanida 15 ta holat kuzatildi. Bunday holatlar viloyatning Bo‘ka, Yangiyo‘l, Pskent, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Ohangaron tumanlarida ham sodir bo‘lgan.

Qo‘mita mutaxassislariga ko‘ra, 1 gektar maydonda boshoqli don poyasi yoqilganda atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kilogramm kul, 20 gramm is gazi va uglerod oksidi kabi gazlar tashlanadi. Bunda atrof-muhitga jiddiy zarar yetadi, tuproq tarkibi buzilib, eroziyasi kuchayadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog